Britaniya politsiyasi qo‘lidagi ma’lumotlarga qaraganda, Manchester shahrida terakt uyushtirgan shaxs yolg‘iz o‘zi harakat qilmagan. Bu haqda “Gazeta.ru” yozmoqda.
Aytilishicha, politsiya taxminlarini tasdiqlash uchun terrorchi Salmon Obidiyning akasini so‘roq qilmoqchi. Uning akasi Xoshim Liviyaning Tripoli shahrida ushlangan edi. Endilikda Manchester politsiyasi Liviya rasmiylari bilan so‘roq o‘tkazish masalasida muzokaralar olib bormoqda.
Manchester politsiyasi kontrterror bo‘limi boshlig‘i Russ Jeksonning so‘zlariga qaraganda, kelajakda boshqa odamlar ham shu ish yuzasidan hibsga olinishi mumkin.
Izoh (0)