Mustaqillik kuni arafasida AQSh Kongressida hokimiyat organlari faqat mahalliy xomashyodan tayyorlangan bayroqlarni sotib olinishi taklif qilinmoqda. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Amaldagi qonunga muvofiq, ushbu ramzning matosi chet eldan sotib olinishi mumkin. 2015-yili AQSh davlat bayroqlari importi narxi 4,4 million dollarni tashkil qildi, 4 millionlik bayroqlar Xitoydan olib kirildi.
Loyiha amerikalik faxriylar soliq to‘lovchilarning pullari Xitoy ishlab chiqaruvchilariga ketayotganidan norozilik bildirganidan so‘ng ishlab chiqildi.
Ayni paytda loyiha parlamentda muhokama qilinmoqda.
Izoh (0)