O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Tataristonda yo‘lovchi avtobusi va yuk avtomobili o‘rtasida sodir bo‘lgan mudhish xodisa munosabati bilan hamdardlik bildirdi, deb xabar berdi “Prezident.uz”.
Qadrli Vladimir Vladimirovich, Tataristonda yo‘lovchi avtobusi bilan sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ko‘p sonli halok bo‘lganlar va jabrlangan borasidagi xabarni chuqur qayg‘u va iztirob bilan qabul qildim.Eslatib o‘tamiz, Tataristonning Zainsk tumanida yuk avtomobili va avtobus ishtirokidagi YTHda 13 kishi halok bo‘ldi, 28 kishi jabrlandi.Samimiy ta’ziyamni qabul qilishingizni hamda qurbon bo‘lganlarning oila a’zolariga va yaqinlariga hamdardlik so‘zlarimni, shuningdek, barcha jabrlanganlarga tezroq sog‘ayib ketishi tilagida ekanligimni yetkazib qo‘yishingizni so‘rayman.
Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Izoh (0)