Rossiya Birinchi kanalining “Golos” shousi ishtirokchisi Vladi Blayberg Moskva — Batumi reysi yo‘lovchilarni tinchlantirish uchun kuylab berishiga to‘g‘ri keldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Havo kemasi ekipaji laynerni “Mineralniye Vodi” aeroportida shoshilinch qo‘ndirishiga to‘g‘ri keldi: uchuvchilar bort tizimlari ishida nosozliklarni qayd etgandi.
Blayberg sarosimaga yo‘l qo‘ymaslik uchun qo‘shiq kuylab berishga ijozat so‘radi. Kema komandiri bort aloqasi orqali buni amalga oshirishga ruxsat berdi.
Xonanda Yuriy Antonovning “Men eslayman” qo‘shig‘ini ijro etgani bildirilmoqda.
Izoh (0)