• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Iroda Ismoilova: To‘ylarga aytgan narxiga yugurib boraversak, qadr tushunchasi qayerda qoladi?

    “Darakchi” gazetasining “10 qaltis savol” loyihasi mehmoni “Tovus” raqsini mahorat bilan ijro etib muxlislar qalbidan joy egallagan raqqosa Iroda Ismoilova bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Darakchi.uz”.

    Foto: “Darakchi.uz”

    Foto: “Darakchi.uz”

    San’at sohasida har bir ijodkorning o‘z davri bo‘ladi. Sizning davringiz qaysi raqqosaning “tugashi”ga to‘g‘ri kelgan va ma’lum vaqt kamnamo bo‘lib qolganingiz qaysi hamkasbingizga yo‘l ochib berdi?

    — Ijod boshlaganimda raqqosalar Saida Mansurxo‘jayeva, Sug‘diyona Isroilova nafaqaga chiqish arafasida edi. Aslida ham raqqosalarning sahnadagi “umr”i qisqa bo‘ladi. Lekin har kimning o‘z davri bo‘lishiga qaramay, ijodkorni yana qayta kashf etadigan ikkinchi “nafas” bo‘ladi. Oila bilan band bo‘lib, kamnamo bo‘lib qolganimda esa Zarina Ahmedova, Parizoda, Shodiyora Omonova, Dilorom Madrahimovaga ko‘proq yo‘l ochildi.

    Iroda Ismoilova “Ofarin” raqs ansamblini o‘z xohishi bilan tark etganmi yo?

    — Aniq kun tartibi bo‘lmagani bois tinimsiz ishlardik. Natijada birinchi homilam nobud bo‘lgan. Yarim yildan so‘ng esa ikkinchi bor homilador bo‘lganimni bilgan kunimoq ansambldan o‘z xohishim bilan ketganman. Qizim tug‘ilgach, dunyoqarashim butunlay o‘zgardi. O‘g‘lim dunyoga kelganida-ku umuman san’atga qaytgim kelmadi. Boisi, o‘g‘lim onasi bilan faxrlanishi kerak. “Onang o‘yinchimi?” degan gapni eshitishini istamayman. Biroq ustozlarim Qodir Mo‘minov, Gulmira Shirinova “Siz shunday raqqosa bo‘lingki, farzandlaringiz siz bilan faxrlansin!” deyishdi. Shundagina san’atga qaytdim. “O‘zbekiston” ansamblida ishlayotgandim, farzandlarim betob bo‘lavergach, u yerda ham uzoq ishlay olmadim.

    O‘zbekiston xalq artisti Ma’mura Ergasheva “Xususiy ansambllar ko‘payib ketdi. Ularning maqsadi to‘ydan pul topish”, degandi. Professional raqqosaligingizdan kelib chiqsak, nega aynan “Parizod” raqs ansamblini tanladingiz va nima sabab uni tark etdingiz?— Parizoda “Opa, “Iroda Ismoilova “Parizod” raqs ansamblida ishlayapti” degan shov-shuv bo‘ladi”, dedi. Ishni nimadandir boshlash kerak-ku, rozi bo‘ldim. Biroq hamkorligimiz to‘rt oyga ham bormadi, vaqti kelgan ekan, yo‘llarimiz ayro tushdi.

    Iroda Ismoilovani O‘zbekiston xalq artisti Ma’mura Ergasheva sahnalashtirgan “Tovus” raqsi, xonanda Oybek Hamroqulovning “Sohibqironim”i bilangina eslashadi. Nega “Tanovar”, “Munojot” kabi qator-qator kuylar yangraganda Mukarrama Turg‘unboyevani eslashganidek, sizning xotirlanadigan umrboqiy raqslaringiz yo‘q?

    — “Ofarin” raqs ansamblidagi o‘n yillik mehnatim davomida yakkaxon raqs bilan chiqaman, degan fikr xayolimga ham kelmagan ekan. Lekin ikkita bo‘lsa-da, Iroda Ismoilovani eslatib turadigan raqslar bor. Yutuqlari qator-qator raqqosalar bor, biroq ularning hatto ismini ham bilishmaydi. Hozir davrini surayotgan Parizoda, Shodiyora Omonova, Zarina Ahmedova, Muhabbat Qurbonovani eslatadigan qaysi yakkaxon raqsi bor? Ular faqat kliplar orqaligina yodga tushadi, xolos.

    Hozir Tamaraxonim, Qunduz Mirkarimova, Galiya Izmailova, Isoxor Oqilov singari ustoz san’atkorlar sahnalashtirgan raqslardan foydalaniladi. Bugun davrini surayotgan raqqosalarning ham sahnalashtirgan biror raqsi kelajak avlodga qolarmikan?

    — Haqiqatda izlanish yo‘q. Baletmeystrlar ham biror tadbirda ko‘rib, yoqtirgan raqs harakatini o‘ziniki qilib oladi. To‘ylarda ham raqqosalar bir xil dastur asosida ishlaydi, hatto liboslari ham farq qilmaydi. Ularga o‘z yo‘nalishingni top, degim keladi. O‘zini hurmat qilgan ijodkorgina o‘z ustida ishlaydi. Siz sanagan professional ijodkorlarni esa o‘z “men”i bo‘lgan.

    Mahorati sizdan ustun bo‘lgan tengdosh raqqosani sanab bering...

    — Kimnidir kimdandir ustun qo‘ya olmayman, boshqacharoq javob beraman. Parizoda ijod bilan bir qatorda, tashqi ko‘rinishga urg‘u berib, qo‘g‘irchoq imidjini yaratib olgan va bu Parizodaga yarashadi, undan go‘zal raqqosani hali ko‘rmadim. Muxlislar “Iroda chiroyli ayol-da”, deb emas, “Professional raqqosa-da!” deb gapirishlari uchun hech qachon tashqi ko‘rinishimga urg‘u bermaganman va maqsadimga yetdim. Muhabbat Qurbonova ko‘p qirrali professional raqqosa. Vodiy yo‘nalishidagi raqslarda esa Malika Qurbonovaga yetadigani yo‘q.Konsert va xalq xizmatlaridagi ishtirokingiz uchun ancha katta narx so‘raysiz. Bu o‘zingizga yuqori baho berish emasmi? Nahotki, muxlisning sharoitini inobatga olmaysiz?

    — Aslida raqs san’atini u qadar qadrlashmaydi. To‘ylarga aytgan narxiga yugurib boraversak, qadr tushunchasi qayerda qoladi? Haqiqiy san’at doim yuqori baholangan. Asl narsalar qimmat bo‘ladi, nusxasi esa arzon. Tanlov esa xaridorda qolgan gap.2011-yil turmushga chiqqaningizdan keyin ijodingiz to‘xtadi. Tarozi pallasini teng ushlolmaganingizdan afsuslanmaysizmi?

    — Aslo! Ijodni 15 yoshda boshlaganman. 19 yoshimda Sherali Jo‘rayev, Yulduz Usmonova kabi yetuk san’atkorlar bilan ishlaganman. Yaqinda Ozodbek Nazarbekov “Irodaxon, men hali tanilmasimdan siz Iroda Ismoilova edingiz. O‘shanda qo‘shig‘imga chaqirsam, raqs tushib berarmikan?” deb o‘ylagandim”, deb qoldi, etim jimirlab ketdi. Shukr, Ozodbek Nazarbekov, Gulsanam Mamazoitova, Alisher Fayz, Botir Qodirov, Shahzoda kabi o‘z “men”iga ega xonandalar bilan ham hamkorlik qilishga ulgurganman. Bitta raqqosa erishishi mumkin bo‘lgan hamma yutuqlarni ko‘rib bo‘ldim, ijro etmagan raqsim qolmagan. Bundan ortiq yana nima bo‘lishi mumkin? Yangilik bo‘lmasa, ketma-ket konsertlarda chiqaverishdan nima naf?! To‘g‘ri, muxlislar “Nega ijod qilmayapsiz?” deb dakki berishadi. Ochig‘i, hech qaysi ansambl meni ishga olmayapti-ku! San’atda o‘rnim bor, lekin ishlayman, desam joy yo‘q. Imkon berishsin, ishlashdan qochmayman.

    Ustozingiz Karima Uzoqova “Toshkent zebolari” ansambliga qayta-qayta ishga chaqirgan, lekin ishga bormagan ekansiz-ku?

    — “Toshkent zebolari” ansambli, deganda Muhabbat va Malika Qurbonovalar yodga tushadi. Men kimningdir o‘rnini egallashni istamayman, shu bois ansamblga bormadim. Aslida-ku, Karima Uzoqova ulardan avval mening ustozim bo‘lgan.

    29.06.2017, 08:38   Izoh (0)   41718
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Zarina Nizomiddinova: bugungi kundagi aqlim bilan oila qurganimda, birinchi turmushimdan ajrashmagan bo‘lardim

    28.06.2017, 12:37

    Zarina Nizomiddinova: qaddi-qomatimga urg‘u berib suratga tushishni to‘xtatmayman!

    28.06.2017, 11:42

    Zarina Nizomiddinova: Shohruxxon — bolalikdagi do‘stim

    28.06.2017, 11:14

    O‘zbekistonlik xonandalar o‘z klipini YouTube’ga joylashtirish uchun endi “O‘zbekkonsert”dan ruxsat olishi kerak

    24.06.2017, 08:50

    “Oti yulduzimsan”. Umidaxonning nomi imloviy xato bilan yozilgan ilk albomi taqdim etildi

    23.06.2017, 18:36

    Aktyor Yigitali Rayhon bilan ajrashganidan so‘ng nima uchun Rossiyaga ketib qolgani haqida gapirdi

    22.06.2017, 19:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.