O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva o‘zini Instagram orqali 1 million kishi kuzatib boradigan navbatdagi o‘zbek xonandasi bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Darakchi.uz”.
1 millionlik ko‘rsatkich dastlab o‘zbek xonandalari o‘rtasida Shahzodada qayd etilgan edi. Keyinchalik aktrisa Asal Shodiyeva ham bu marrani zabt etgandi.“Biz million kishimiz! Sizlarga katta rahmat! Kimdir meni yaxshi ko‘radi, kimdir nafratlanadi, men esa hammangizni butun qalbim bilan sevaman va sizlarga faqat baxt tilayman! E’tiboringiz, qalb mehringiz uchun tashakkur! Qadrlayman va ardoqlayman”,—deb yozadi Rayhon o‘zining shaxsiy sahifasida.
Izoh (0)