AQSh politsiyachilari joriy yil olti oyi davomida o‘z xizmat vazifasini bajarish davomida 492 kishini otib tashladi. Bu haqda The Washington Post ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Bu o‘tgan ikki yil ko‘rsatkichlari bilan deyarli bir raqam. Shu bilan birga, politsiya tomonidan otib tashlangan qurolsiz kishilar soni biroz kamaydi. Yil oxiriga borib, avvalgi ikki yildagi kabi, o‘ldirilganlar soni ming kishiga yetishi mumkin”, — deyiladi gazeta maqolasida.
2015 va 2016-yillardagi singari, politsiya ko‘proq o‘qotar va boshqa qurollarga ega oq tanli erkaklarni o‘ldirgan. Politsiya otib tashlagan har to‘rtinchi kishi ruhiy kasal bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, joriy yil 29-iyuniga qadar 21 nafar politsiyachi o‘ldirilgan.
Izoh (0)