Tataristonda yo‘lovchi avtobus ishtirokidagi yirik YTH munosabati bilan 2-iyul, yakshanba motam kuni deb e’lon qilindi. Respublika prezidenti Rustam Minnixanov bu haqdagi tegishli farmonni imzoladi, deb xabar beradi “TASS”.
Respublika hukumatiga YTHda halok bo‘lgan va jabrlanganlarning oilalalariga yordam ko‘rsatish bo‘yicha taklif tayyorlash topshirildi. Bosh vazir Aleksey Pesoshin hodisa joyi — Zainskka yo‘l oldi.
YTH 2-iyul, yakshanba, Toshkent vaqti bilan taxminan soat 02: 40 da ro‘y berdi. “KamAZ” yuk mashinasi bilan to‘qnashgan yo‘lovchi avtobusi ag‘darilib, yonib ketdi. Avtobusda bo‘lgan 28 yo‘lovchidan 14 nafari halok bo‘ldi, 15 kishi jarohatlandi.
Izoh (0)