Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Bahrayn va Misr mazkur davlatlar Qatarga nisbatan qo‘llagan cheklovlar Butunjahon savdo tashkilotiga qonun-qoidalariga muvofiq ekanligi haqida rasman ma’lum qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
To‘rt arab davlatining qo‘shma hujjatida Doxaga nisbatan choralar xalqaro qonunchilik doirasida, suveren huquq va milliy xavfsizlik himoyasini inobatga olib qabul qilingani bildirilgan.
Bildirishnomaga ko‘ra, Qatarga nisbatan cheklovlar xalqaro tashkilotlar qoidalariga ham to‘g‘ri keladi. Zero, “ushbu qoidalar qonuniy asoslarda tashkilotlarga a’zo davlatlarga boshqa mamlakatlar barqarorligi va xavfsizligiga tahdid tug‘dirayotgan davlatga qarshi choralar ko‘rishga imkon beradi”.
Izoh (0)