Bolgariya poytaxtida kuchli jazirama tufayli besh kishi olamdan o‘tdi. Bu haqda “Yevropeyskaya pravda” xabar bermoqda.
1-iyul, shanba kuni Sofiyada havo harorati +44 darajaga yetdi. Besh kishi ham shu kuni o‘lgani bildirilmoqda.
Poytaxt favqulodda xizmati matbuot kotibi Kati Sungarska shanba kuni tushgacha jazirama sababli mazasi qochgan 200 ga yaqin kishiga yordam berganini ma’lum qildi.
1-iyul kuni Bolgariyaning 17 mintaqasida yoz faslida birinchi bor misli ko‘rilmagan haroratdan darak beruvchi ogohlantirishning “qizil” darajasi e’lon qilindi.
Izoh (0)