Rossiyaning Barnaul shahrida 16 yoshli bola mushukchani qutqaraman deb nogiron bo‘lib qoldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Xabarnomada aytilishicha, bir necha kun muqaddam Barnaulning Sputnik qishlog‘ida yigit daraxtga chiqib olgan mushukchani tushirib qo‘yish uchun daraxt yoniga metall quvur orqali o‘tishga harakat qilgan. O‘tish paytida u to‘satdan quvur ustidan o‘tuvchi elektr tarmog‘i simlariga tegib ketib, kuyish jarohatlarini olgan. Yigit shifoxonaga yotqizilgan, uning ikkala qo‘lini amputatsiya qilishga to‘g‘ri kelgan.
Tergov bo‘limi elektr tarmoqlari ekspluatatsiyasi uchun javobgar shaxslar va mutasaddi tashkilotlarning aybini aniqlash borasida surishtiruv olib bormoqda.
Izoh (0)