AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan olib borilayotgan siyosatni Gitler davridagi natsistlar Germaniyasi siyosati bilan qiyoslash mumkin. Bu haqda KXDR ma’lum qildi, deb yozadi “Interfaks”.
“‘Amerika hammadan yuqori’ tamoyili resurslar va harbiy kuch yordamida dunyo ustidan hukmronlikni tutib turishni bildiradi, Gitlerning dunyoni zabt etish konsepsiyasini amalga oshirish chog‘ida ham xuddi shunday bo‘lgan”, — deyiladi Koreya Markaziy telegraf agentligi e’lon qilgan izohda.
Unda, xususan, Tramp “bosim o‘tkazish” siyosatini oqlash uchun barchani do‘st va dushmanga ajratib, “Gitlerning diktatorlik siyosatiga amal qilayotgani” ta’kidlanadi. “Trampning fikrlash tarzi AQShdagi yaxshi hayot uchun butun dunyo qurbon qilinishi kerak degan aqidaga asoslanib, u hatto AQShning ittifoqdoshlari va yordamchilarini qiyin vaziyatga qo‘ydi”, — deya qayd etiladi xabarda.
Izoh (0)