Thomas Cook aviakompaniyasining Kubaga parvoz qilgan Airbus A330 yo‘lovchi samolyoti qanot qismidagi nosozliklar tufayli Manchester (Buyuk Britaniya) aeroportiga qaytishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.
Havo kemasi Irlandiyani kesib o‘tishga ulgurgandi. Layner Atlantika okeani ustida ortiga qayrildi va aeroportga kelib qo‘ndi.
Nashr chop etgan fotolarda samolyot chap qanoti singanini ko‘rish mumkin. Buning sabablari va qachon ro‘y bergani ma’lum qilinmadi.
Izoh (0)