Nyu-Yorkda qachonlardir taniqli mafiozi Al Kapone (1899—1947-yillar)ga tegishli bo‘lgan uy sotuvga qo‘yildi, deb yozadi “Vedomosti”.
Bino xo‘jayini uni 2,85 million dollarga sotmoqchi. Bu uyda gangster 1920-yillar boshida, Chikagoning Illinoys shahriga ko‘chib ketgunicha yashagan. Uy Bruklin tumanida joylashgan.
Bino kapital ta’mirdan chiqarilgan. Uning fasadi sipo ko‘rinishga ega. Ichkarida esa alohida vannaxonalari bo‘lgan uchta yotoqxona, mehmonxona, oshxona, ikkita qo‘shimcha xona bor, shuningdek, kichik bog‘ ham bor.
Izoh (0)