Kanadada 1 150 000 kilometr yo‘l bosgan Porsche 911 Turbo (930) sportkari topildi. 1976-yilda sotib olingan sportkarga faqatgina bir kishi egalik qilgan bo‘lib, undan oddiy avtomobil sifatida foydalangan. Ushbu avtomobilga bog‘liq syujet YouTube tarmog‘iga joylashtirildi, deb xabar berdi “Motor”.
Avtomobil gilamlar tozalash firmasiga rahbarlik qiluvchi Bill Makichekranga tegishli. Uning so‘zlariga ko‘ra, Bill shunchaki gilamdagi dog‘ni ko‘rish uchun jon deb har qanday mijozining oldiga borishga tayyor, chunki u o‘zining Porsche’si roliga yana o‘tiradi.
1975-yildan 1977-yilga qadar ishlab chiqarilgan Porsche 930 modeli uch litrli, olti silindrli havo yordamida sovitish tizimiga ega turbomotor hamda to‘rt pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan. Dvigatelining kuchi 260 kuchga ega. 1978-yilda kompaniya agregatni 300 kuchga ega 3,3 litrli quvvatga almashtirgan.
Izoh (0)