Prezident Shavkat Mirziyoyevning shu yil 20-iyundagi “Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ushbu ulug‘ ayyom mamlakatda bayram sifatida keng nishonlanmoqda. 26-iyun kuni O‘zbekistondagi barcha jome’ masjidlarida mo‘min-musulmonlar hayit namozlarini emin-erkin ado etdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
“Toshkentdagi Hazrati Imom jome’ masjidi ham erta tongdan yurtdoshlarimiz bilan gavjum bo‘ldi. Hayit namozi ma’ruzasida Prezident Shavkat Mirziyoyevning shu yil 15-iyun kuni poytaxtda o‘tgan “Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi” mavzuidagi anjumanda so‘zlagan nutqi mazmun-mohiyatini har bir yurtdoshimiz chuqur o‘rganishi, ayniqsa, jamiyatimizda sog‘lom muhitni yanada mustahkamlash, yoshlar tarbiyasi, tinch-osuda hayotimizni, muqaddas dinimiz pokligini asrash borasida bildirgan fikrlari har bir yurtdoshimiz uchun hayotiy a’molga, ezgu vazifaga aylanishi shartligi ta’kidlandi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)