O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Mashinasozlik sanoati uchun mahkamlovchi detallar ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish choralari to‘g‘risidagi farmoyishni imzoladi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Hujjatga ko‘ra, investitsiya loyihasining umumiy qiymati 31,57 million dollarni tashkil etadi. “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” AJning o‘z mablag‘i (9,42 million dollar), Kommersbankning (Germaniya) 6,02 million dollar, Xitoy davlat taraqqiyot bankining 12,58 million dollar, “Ipoteka bank”ning 3,55 million dollar miqdoridagi kreditlari investitsiya loyihasi moliyalashtirilishi manbalari hisoblanadi.
Tender savdolari natijalariga ko‘ra “O‘zmetkombinat” AJ va INOXIHP Spa (Italiya), Sytco A.G. (Shveysariya) va Berkshire Establishment LLP ( Buyuk Britaniya) kompaniyalari o‘rtasida loyihani amalga oshirish uchun jihozlar yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar imzolandi.
Famoyishda “Mashinasozlik sanoati uchun mahkamlovchi detallar ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasini belgilangan muddatlarda bajarish uchun tegishli tashkilotlarga aniq ko‘rsatmalar berilgan.
Izoh (0)