Kolumbiyaning Antokiya departamentida kema cho‘kishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Shuningdek, 30 kishi bedarak yo‘qolgani bildirilmoqda.
Hozirda qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda. Ularga vertolyot va dayverlar safarbar etilgan.
Halokatga uchragan kemada jami 150 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.
Izoh (0)