Isroil Damashqdagi Suriya hukumati nazorati ostidagi qurolli kuchlarga hujum qildi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Rasmiy Tel-Aviv o‘z hujumini javob zarbasi va Golan tepaliklari o‘qqa tutilishiga munosabat deb baholadi.
“Suriya tuzumiga tegishli ikki artilleriya marrasi va qurol-yarog‘ ortilgan yuk mashinasi nishonga olindi”, — deyiladi Isroil mudofaa armiyasi axborotida.
Isroil harbiylari 1967-yildan beri egallab turgan Golan tepaliklaridagi qurolli qarama-qarshilik ikkinchi kun davom etmoqda.
Isroil harbiy-havo kuchlari bir kun avval Suriya tanki va artilleriya marralarini o‘qqa tutgan edi. Tel-Aviv o‘shanda ham o‘z harakatlarini javob zarbasi deb ta’riflagan edi.
Izoh (0)