AQSh oliy sudi mamlakat prezidenti Donald Trampga mamlakatga olti mamlakatdan (Eron, Yaman, Liviya, Suriya, Somali va Sudan) muhojirlarning va har qanday qochqinlarning kirishini qisman taqiqlashga ruxsat berdi. Bu haqda “TV.net” xabar bermoqda.
Sud hukmiga ko‘ra, u yoki bu guruhlarning mamlakatga kirishini cheklangan hajmda taqiqlash AQSh fuqarolarining manfaatlariga ta’sir ko‘rsatmaydi, shu bois bunday taqiq prezident tomonidan joriy etilishi mumkin. Faqatgina AQSh fuqarolari bilan u yoki bu munosabatda bo‘lgan guruhlar ushbu taqiqdan istisno qilinadi.
Sud tomonidan Tramp ilgari surayotgan qonun loyihasining ma’qullanishi vaqtinchalik kuchga ega — ish oktabr oyida to‘liq ko‘rib chiqiladi, unga qadar esa sud qarori amal qiladi.
Izoh (0)