Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida uyida fohishaxona saqlagan shaxs ushlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB sayti ma’lum qildi.
“23-iyun kuni taxminan soat 14:00 larda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida muqaddam sudlangan Maripov Vyacheslav Zekirovich Mirzo Ulug‘bek tumani hududida joylashgan xonadonda fohishaxona saqlab, 30000 so‘m pul evaziga fuqaro ‘R’ va ‘K’larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan”. — deyiladi axborotdA.
Holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan JKning 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)