Toshkentda o‘tgan yilning oxirida aldov yo‘li bilan 3 ming dollar pulni o‘zlashtirgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Aytilishicha, 2016-yil 27-noyabr kuni ular bir fuqaroning ishonchiga kirib, undan aldov yo‘li bilan 3 ming dollar olgan.
Tergov jarayonida aniqlanishicha, ular Nexia avtomobili sotib olib berishni va’da qilib, jabrlanuvchining pullarini olgan va ularni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborgan.
Voqea yuzasidan JKning 168-moddasi 2-bandi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ayni paytda ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi o‘rganilmoqda.
Izoh (0)