O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev XXR Raisi Si Szinpinga Sinchuan provinsiyasidagi ko‘chki natijasida ko‘plab insonlar halok bo‘lishi munosabati bilan maktub yo‘lladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
“Sizga va butun Xitoy xalqiga mazkur hodisa sababli samimiy ta’ziya bildiraman, halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamda jarohatlanganlarga hamdardlik va dalda so‘zlarimni yetkazishingizni so‘rayman”, — deyiladi davlat rahbarining maktubida.
Ayni paytda ko‘chki oqibatida 24 kishi halok bo‘lgani tasdiqlandi. Yana 118 kishi bedarak ketgan deb hisoblanmoqda. Voqea joyida 3 ming qutqaruvchi ishlamoqda.
Izoh (0)