Saudiya Arabistoni Ichki ishlar vazirligi terrorchilar Makka shahrida teraktni amalga oshirish uchun xorijda tayyorgarlik ko‘rganini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
“Ular xorijdan boshqariladigan rejalarni bajargan”, — deyiladi bayonotda.
Shuningdek, IIV terakt mamlakatdagi barqarorlikni buzishga qaratilganligini qo‘shimcha qildi.
Avvalroq, Saudiya Arabistoni politsiyasi xudkush terrorchi Ramazon oyining so‘nggi jumasida ko‘plab ziyoratchilar yig‘ilgan musulmon olamining muqaddas maskani Masjidul Haramda portlashni amalga oshirmoqchi bo‘lgani haqida xabar bergandi.
Politsiya terrorchini Makka shahridagi turar-joy binolardan birida yo‘q qilgan. Terrorchi yashiringan binoda sodir bo‘lgan portlash oqibatida u asirga olgan olti nafar ziyoratchi jarohat olgan.
Izoh (0)