AQSh prezidenti Donald Tramp saylovlarda ovozlarni hisoblovchi tizimning xavfsizligi bilan shug‘ullanuvchi maxsus komissiya tashkil etdi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Shon Spayser ma’lum qildi, deb xabar berdi “Gazeta.ru”.
“O‘ylashimcha, yaqin ikki hafta ichida komissiya bir nechta bayonot beradi”, — dedi Spayser.
Shuningdek, Shon Spayser iyul oyida komissiya ishtirokida eshituvlar bo‘lib o‘tishini qo‘shimcha qildi.
Izoh (0)