Rossiya Davlat Dumasi mudofaa bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Vladimir Shamanov Rossiya Qirg‘iziston va Qozog‘iston bilan Suriyaga harbiy qismlar yo‘llash borasida muzokaralar olib borayotganini aytdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Ilgariroq Turkiya prezidentining rasmiy vakili Ibrohim Qalin Rossiya tomoni Suriyadagi deeskalatsiya zonalariga Qirg‘iziston va Qozog‘iston harbiylarini yo‘llash taklifini ilgari surganini xabar qilgan edi. Shamanov mazkur axborotni tasdiqladi.
“Muzokaralar bormoqda, Rossiya harbiy politsiyasi vakillari Suriyada tartibni saqlash vazifalarini hal qilishda ishtirok etishi masala ko‘rib chiqilmoqda, shuningdek, qozog‘istonlik va qirg‘izistonlik hamkasblarimizga berilgan taklif ko‘rib chiqilmoqda. Niyat bor, muzokara jarayoni boshlandi, ammo hali qaror qabul qilinmadi”, — dedi Duma vakili.
Izoh (0)