NATO samolyotlari Boltiq dengizining neytral suvlari ustida Kaliningraddan uchayotgan Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning samolyotini kuzatuvga oldi. Bu holat bir kunda ikkinchi marta takrorlanmoqda, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Birinchi safargidan farqli ravishda, NATO samolyotlari Shoyguning bortiga yaqinlashmasdan, uni ancha uzoq masofadan kuzatib bordi.
Shoygu Kaliningradda harbiy idora kollegiyasining sayyor yig‘ilishini o‘tkazdi. Unda G‘arbiy strategik yo‘nalishdagi xavfsizlik masalalari muhokama qilindi.
Izoh (0)