F-16 qiruvchi samolyoti bortida Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu bo‘lgan samolyotga yaqinlashishga urinib ko‘rdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Hodisa Boltiq dengizi neytral suvlari ustidagi parvoz vaqtida yuz bergan. Shoygu va u bilan birga bortda bo‘lganlar Kaliningradga mudofaa vazirligi xodimlarning sayyor yig‘ilishiga ketayotgan edi.
NATO qiruvchisining yo‘liga Shoyguning samolyotini kuzatib borayotgan Su-27 chiqqan. Su-27 “o‘z qurollarini ko‘rsatganidan so‘ng” F-16 chekingan.
Izoh (0)