Suriya armiyasi Rakka shahri yaqinida AQSh boshchiligidagi koalitsiya kuchlari tomonidan urib tushirilgan Su-22 samolyoti uchuvchisini aniqlab, uni qutqardi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
18-iyun kuni AQShning F-18A qiruvchisi Suriya harbiy-havo kuchlari transportini “havo-havo” raketasi bilan urib tushirdi. Voqea ar-Rasafe aholi yashash joyi yaqinida ro‘y berdi.
Uchuvchi terrorchilar nazorati ostidagi hududga katapulta yordamida tushgani bois uning taqdiri noma’lum bo‘lib qolayotgan edi.
Endilikda u suriyalik harbiylar tomonidan qutqarib olingani ma’lum bo‘ldi.
Izoh (0)