Janubiy Koreyada yadroviy energetikani rivojlantirishga qaratilgan siyosat bundan buyon to‘xtatiladi. Bu haqda mamlakat prezidenti Mun Chje In “Kori-1” atom elektr stansiyasini ekspluatatsiyadan chiqarish marosimi chog‘ida bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
“Bu voqea Koreya Respublikasida xavfsiz energetika yaratish bo‘yicha yangi yo‘lning boshlanishidir, u ekologiyaning saqlanishi va barqaror o‘sishni ta’minlaydi”, — ta’kidladi davlat rahbari.
Uning so‘zlariga qaraganda, jahonda AES joylashuvi zichligi bo‘yicha birinchi o‘rinda turuvchi Janubiy Koreya ortiq zilzilalar uchun xavfsiz emas.
Mun Chje In zilzilalar oqibatida AESlarning zararlanishi fojiali oqibatlarga olib keldi.
Izoh (0)