AQShda bolalar o‘limiga olib kelayotgan sabablar orasida uchinchi o‘rinni o‘qotar qurol egallab turibdi. Bu haqdagi ma’lumotlar olimlarning Pediatrics jurnalidagi maqolasida aytildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Tadqiqot natijalarining ko‘rsatishicha, mamlakatda har yili o‘qotar quroldan 1300 atrofida bolalar halok bo‘ladi, yana 5800 nafari jarohat oladi.
“Har kuni o‘rtacha 19 bola AQShda o‘qotar quroldan o‘ldiriladi yoki reanimatsiyaga tushadi”, — dedi tadqiqot muallifi, AQSh xastaliklar nazorati va profilaktikasi markazi vakili Katerina Fouler.
Izoh (0)