Amerikaliklarning ko‘pchiligi mamlakatni teraktlardan himoya qilish masalasida hukumat vakillariga ishonch bildiradi. Buni Gallup kompaniyasi o‘tkazgan so‘rov natijalari ko‘rsatmoqda, deb xabar beradi “Interfaks”.
So‘rov natijalariga ko‘ra, respondentlarning 70 foizi AQSh hukumati bu borada yetarli imkoniyatlariga egaligiga ishonadi.
O‘tgan yilgi so‘rovlarda bu ko‘rsatkich 67 foizga teng edi. 2015-yil dekabridagi San-Bernardino hujumidan so‘ng amerikaliklarning faqat 55 foizi bu borada hukumatga ishonch bildirgan edi.
Shuningdek, respondentlarning 42 foizi o‘zlari yoki oila a’zolari terakt qurboniga aylanishi mumkinligidan xavotirdaligini tan oldi.
So‘rov 7–11-iyun kunlari o‘tkazildi.
Izoh (0)