Germaniyaning sobiq kansleri Gelmut Kol 16-iyun kuni 87 yoshida vafot etdi. Bu haqda, Bild nashriga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Ushbu axborot Xristian demokratik ittifoqi tomonidan tasdiqlandi.
“Biz qayg‘udamiz”, — ma’lum qildi partiya vakillari Twitter’dagi rasmiy sahifa orqali.
https://twitter.com/CDU/status/875736819249422336
Ikki Germaniyaning birlashishida asosiy o‘rin tutgan siyosatchi Reynland-Pfals federal yeridagi Lyudvigsxafen shahridagi shaxsiy uyida qazo qildi.
Izoh (0)