Estoniyaning Lyuksemburgdagi elchixonasi jahondagi birinchi virtual tashqi diplomatik idora bo‘ladi. Unda muhim ma’lumotlar bazalari va registrlar nusxalari saqlanadi, deb xabar beradi “TASS”.
Ikki davlat vakillari tomonidan erishilgan tegishli kelishuv 15-iyun kuni Estoniya parlamenti tomonidan ma’qullandi.“Biz bu jahondagi birinchi virtual elchixona ekanligidan juda faxrlanamiz. Estoniyaning virtual elchixonasi nafaqat texnologik sohada, balki xalqaro huquqda ham innovatsiyalarga olib keladi”, — dedi tadbirkorlik va axborot texnologiyalari vaziri Urve Palo, ushbu yangilikka izoh berarkan.
Kelishuv ikki mamlakat hukumat rahbarlari tomonidan 20-iyun kuni Lyuksemburgda bo‘lib o‘tadigan marosimda imzolanishi ko‘zda tutilmoqda.
Izoh (0)