O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bangladeshda sodir bo‘lgan toshqinlar oqibatida odamlarning halok bo‘lishi munosabati bilan Bangladesh prezidenti Abdul Hamidga hamdardlik maktubi yo‘lladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
“Mamlakatingizning bir qator hududlarida yuz bergan kuchli suv toshqinlari oqibatida ko‘plab insonlarning halok bo‘lgani haqidagi xabar bizni qattiq qayg‘uga soldi.
Ushbu musibatli damlarda Siz Janobi Oliylariga va do‘st Bangladesh xalqiga chuqur ta’ziya izhor etib, qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik tuyg‘ularimizni yetkazib qo‘yishingizni so‘raymiz”, — deyiladi Shavkat Mirziyoyevning ta’ziyasida.
Bangladesh janubi-sharqida ko‘chkilarga sabab bo‘lgan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida 100 dan ortiq kishi halok bo‘ldi.
Izoh (0)