Yaratgan o‘nlab badiiy va hujjatli filmlari bilan nafaqat o‘zbek, balki jahon kinomuxlislarining ham qalbidan chuqur joy olgan atoqli kinooperator, rejissor, xalqaro kino festivallari sovrindori, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi Hotam Fayziyev hayot bo‘lganida bu yil sakson yoshni qarshi olardi. Shu munosabat bilan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida xotira kechasi tashkil etildi, deb xabar beradi O‘zA.
Unda Fayziyevning oila a’zolari, hamkasb do‘stlari, keng jamoatchilik vakillari, jurnalistlar, “O‘zbekkino” milliy agentligi bosh direktori O. Musayev va boshqalar ishtirok etdi.
Hotam Fayziyev suratga olgan va rejissorlik qilgan “Sen yetim emassan”, “Sahro osmoni”, “Surayyo”, “Vijdon amri sari”, “Toshkent — non shahri”, “Dilorom”, “Nur va soya”, “Abu Rayhon Beruniy”, “Yilning to‘rt fasli”, “Jala”, “Ehtiyot bo‘ling, ilonlar” kabi badiiy filmlar o‘zbek kinosi tarixida o‘chmas iz qoldirgan. Bu kinoasarlarda Fayziyevning o‘ziga xos operatorlik talanti va salohiyati yorqin namoyon bo‘lgan. Shu bilan birga, u rejissyorlikda ham takrorlanmas ish qildi.
Xotira kechasida atoqli kinoustaning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan hujjatli film namoyish etildi.
Izoh (0)