Manchester Arena standionidagi konserti chog‘ida terakt sodir bo‘lgan amerikalik qo‘shiqchi Ariana Grande voqeadan afsusda ekanligini aytdi, deb yozadi “RIA Novosti”.
“Barbod bo‘ldim. Chin ko‘ngildan juda, juda achinyapman. Aytishga so‘zim yo‘q”, — deb yozdi Grande o‘z Twitter’ida.
Avvalroq xonandaning vakili Jozef Karozzu Grande jabr ko‘rmaganini ma’lum qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, IShID terrorchilik guruhi Britaniyaning Manchester shahrida yuz bergan terakt uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga oldi. Terakt qurbonlari soni so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra 27 kishiga yetdi.
Izoh (0)