• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12466.44
    • RUB155.42
    • EUR14517.17
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Aktrisa Shahlo Temirova o‘ziga yoqmagan roli, qaysi multfilm personajiga o‘xshashi, salbiy rollar ijro etmasligi sababi haqida intervyu berdi

    Aktrisa Shahlo Temirova My Day nashriga bergan intervyusida orzulari, qo‘rquvlari va rejalari bilan bo‘lishdi.

    Foto: My Day

    Foto: My Day

    — Shahlo Temirovaning bolalikdan beri eng katta orzusi nima?

    — Yoshligimdan pianino chalishni juda istaganman. Lekin yaxshi o‘rgana olmadim. Keyin qayta harakat qilaman deganimda ishlar ko‘payib ketdi. Vaqt topolmay qoldim...

    — Hayotda va aktyorlik sohasidagi ustozingiz kim?

    — Aniq bir kishini ayta olmayman. San’atkorning ustozi bo‘lmaydi. Chunki u har bir insondan nimanidir o‘rganadi. Ustozlarim ko‘p. Aynan mazkur sohaga kirib kelishimda Munavvara Abdullayeva, Baxtiyor To‘rayev va Xayrulla Sa’diyevlar yaqindan ko‘mak berganlar. Hayotdagi ustozim esa Baxtiyor To‘rayev deb ayta olaman.

    — Hayotda qattiq qo‘rqadigan narsangiz nima?

    — Keraksiz inson bo‘lib qolish va yaqin insonimni yo‘qotishdan qo‘rqaman.

    — Tasavvur qiling siz tanlov o‘rtasida qoldingiz. Teatr va kino. Qaysi birini tanlagan bo‘lar edingiz?

    — Tanlamasdim, ikkalasini ham quchib olgan bo‘lardim (kuladi). Chunki unisidan ham, bunisidan ham kechish juda qiyin. Albatta, ikkalasiga ham osonlikcha erishmadim...

    — Siz uchun baxt bu...?

    — Men kichkinagina narsadan ham baxtli bo‘ladigan insonman. Masalan, bugungi kunim bekor o‘tmagani bu — baxt. Muhimi ishim bor.

    — Orzuingizdagi rol?

    — Teatrda Medeya. Kinoda bilmadim, hali o‘ylab ko‘rmaganman. Lekin og‘ir, o‘ziga yarasha yuki bor rollarni xohlayman.

    — Shahlo, nima sababdan hech salbiy rollar ijro etmaysiz?

    — Bu aslida menga bog‘liq bo‘lmagan holat. Hech taklif qilishmagan. Tashqi ko‘rinishimdan kelib chiqib, salbiy rolga mos emas deb hisoblashsa kerak. Lekin fe’l-atvorimdan kelib chiqib aytishim mumkin-ki, agar salbiy rolni ishonib topshirishsa qoyilmaqom qilib ijro etib beraman.

    — Hozirgacha qabul qilganizdan afsuslangan rolingiz bo‘lganmi?

    — Bo‘lgan... Ozod Shamsning “Yolg‘izlar” filmida ijro etgan rolimdan afsusdaman. Albatta bu rejissorning aybi emas. Hech kimni xafa qilishni xohlamayman. Shunchaki bu rol menga mos kelmadi.

    — Siz, nima bo‘lgan taqdirda ham, birgalikda suratga tushishni istamagan aktyor bormi?

    — Yo‘q, shunday aktyor bor deb ayta olmayman. Men umuman odam ajratmayman. Aksincha, birga rol ijro etishni juda-juda xohlaydigan aktyorim bor. U kishi Alisher Uzoqov. Ularni aktyor sifatida juda yaxshi ko‘raman. Lekin hali birga ishlash baxtiga muyassar bo‘lmaganman. Xudo xohlasa bu niyatim ham amalga oshadi degan umiddaman.

    — Kim bilan partnyorlik qilish siz uchun qiyin kechgan va aksincha?

    — Sababini bilmaymanu, lekin Bobur Yo‘ldoshev bilan rol ijro etganimda juda ham qiynalganman. Balki salobatlari bosgandir, o‘zim ham tushunolmaganman. Ulug‘bek Qodirov bilan esa aksincha. Mazza qilib ishlaganman. Juda ham ochiqko‘ngil, mehribon inson ekanlar.

    — Siz hech qachon qabul qila olmaydigan rol?

    — Ayol kishi majburan qandaydir yomon yo‘lga kirib ketishi mumkin, lekin shu ishni bilib turib qiladigan insonlar ham bor. Masalan, o‘zi istab yomon qiz bo‘lish. Shu kabi rollardan takliflar bo‘ldi. Ammo rad etdim. Shunaqa vaziyatlar bo‘ladiki, yaxshi bir qizni hayot majbur qilib, yomon tomonga burilib ketadi. Bunaqa rollarni esa o‘ynagan bo‘lardim.

    — Hayotda erishgan eng katta yutug‘ingiz?

    — Shukurki, nimani orzu qilgan bo‘lsam, hammasiga erishib kelyapman. Oilam, farzandim, sevimli kasbim bo‘ladi, teatrda ishlayman, deganman va niyatlarimga yetdim. Va, hozirda yana bir niyat qilganman. Ya’ni, butun dunyoda sevimli aktrisa bo‘lish.

    — Armoningiz bormi?

    — Armon (biroz sukunatdan so‘ng) bo‘lmasa kerak. Bo‘lmasin ham.

    — Bilamiz aktyorlarning bo‘sh vaqti kam bo‘ladi. Deylik, bo‘sh vaqt topdingiz. Shunda qanday yo‘l tutasiz. Toza havoda sayr yoki uyda kitob mutolaasi va boshqa ishlar.

    — Toza havoda, tabiat qo‘ynida sayr qilgan bo‘lardim. Baribir ijodkormiz. Shuning uchun bo‘lsa kerak, tabiatni yaxshi ko‘raman.

    — Insonlardagi siz hurmat qiladigan xususiyat?

    — Inson, u xoh ayol, xoh erkak bo‘lsin, qaysi lavozimda faoliyat yuritishidan qat’iy nazar bir-biriga munosabati bir xil bo‘lsin. Ya’ni, inson ajratmaslik kerak.

    — O‘zingizni qaysi multfilm personaji bilan qiyoslay olasiz? Va nima uchun?

    — Chet el multfilmlaridan “Hayvonlar shahri”dagi bosh qahramon rolini o‘zimga qiyoslayman. Albatta, inson o‘ziga katta baho berishi kerakmas-u, ammo o‘zimni o‘sha qahramonga o‘xshataman. Chunki u ham rosa kurashib o‘z maqsadiga erishadi.

    — 2015-yilda “Eng yaxshi teatr aktrisasi” nominatsiyasi bo‘yicha “E’tirof” mukofotiga sazovor bo‘ldingiz. Shunda nimalarni his etgansiz?

    — Bu mukofotni olgan kunimning ertasiga onalik baxtiga muyassar bo‘lganman. O‘sha paytdagi hissiyotlarimni hozir so‘z bilan ifodalay olmayman. Juda kuchli hayajondan keyin tug‘uruqxonaga ketganman (kuladi).

    — Siz uchun mashhurlik muhimmi?

    — Muhim. Men hozirgi kunimga osonlik bilan erishmaganman. Juda ko‘p mehnat qilishim kerak bo‘lgan. San’atda esa mehnatingizning mevasi bu – mashhurlik!

    — Mashhurlik sizga nima berdi?

    — Muxlislar meni yaxshi ko‘rgani bu — baxt. Ya’ni insonlar mehrini berdi.

    — San’atga endigini qadam qo‘yayotgan yosh aktyor va aktrisalarga tavsiyangiz.

    — Hayotda inson turli qiyinchiliklarga uchrashi mumkin, lekin ortga qaytmasligi kerak. Faqat va faqat olg‘a intilishi lozim. Sinovlar ko‘p, ulardan esa halollik va to‘g‘rilik bilan o‘tish kerak.

    07.06.2017, 08:07   Izoh (0)   73390
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ariana Grandening Manchesterdagi xayriya konsertiga 50 ming tomoshabin tashrif buyurdi

    05.06.2017, 10:31

    Foto: Tutanhamon dahmasining ochilishi

    04.06.2017, 11:11

    “O‘zbeknavo”ning sobiq bosh direktori Azamat Haydarov “O‘zbekkonsert”ga rahbar etib tayinlandi

    24.05.2017, 19:56

    Ariana Grande o‘z konsertida yuz bergan teraktni izohladi

    23.05.2017, 13:03

    Alisher Usmonov homiyligida Andrea Bochellining Toshkentdagi ilk konserti bo‘lib o‘tadi

    23.05.2017, 11:51

    Lola va Rashid Хoliqov ijrosidagi “Hayot davom etar” saundtreki videosi taqdim etildi (video)

    22.05.2017, 12:04
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yuzdagi qora nuqtalardan qutulishning 5 ishonchli usuli

    Go‘zallik | 21 avgust, 17:50

    Hindiston yadroviy qurol tashishga qodir raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi

    Dunyo | 21 avgust, 17:30

    O‘zbekistonda Cobalt avtomobili ishlab chiqarish kamaydi

    O‘zbekiston | 21 avgust, 17:26

    Toshkentda noqonuniy qurilish sabab yer cho‘kishi sodir bo‘ldi

    O‘zbekiston | 21 avgust, 17:15

    Hindistonda onlayn pulli o‘yinlar taqiqlanadi

    Dunyo | 21 avgust, 17:05

    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi

    Reklama | 21 avgust, 15:51

    44 yoshli braziliyalik darvozabon tarixdagi eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchiga aylandi

    Sport | 21 avgust, 17:00

    Nima uchun biroz mizg‘ib olgach odam o‘zini yomon his qiladi?

    Maslahatlar | 21 avgust, 16:54
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.