• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12654.13
    • RUB161.18
    • EUR14817.99
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    FileCloud.uz – TAS-IX hududidagi “bulutli” servis

    Nima o‘zi u?

    Kerakli fayllarni axborot tashuvchi qurilmalar – disketa, kompakt-disk, fleshka va tashqi xard-disklardan tashqari, hozirda “bulutli” servislarda saqlash kengroq tarqalmoqda. Bu turdagi keng tarqalgan xizmatlar – Yandeks.Disk, Google Drive, Dropbox kabilardan xabaringiz bor. Bugun biz sizga xuddi shu turdagi xizmatlarni taklif etuvchi, ammo bir qancha qulayliklari bilan ajralib turuvchi FileCloud.uz servisi haqida ma’lumot beramiz.

    Ushbu servis yaqindagina ishlab chiqilgan bo‘lib, foydalanuvchilarning fayllarini internetdagi “bulutli” saqlagichda saqlashni va foydalanuvchiga ular ustidan turli amallarni bajarish imkonini berishga mo‘ljallangan.

    “Bulut, bulutli” deymiz, nima o‘zi u bulutli texnologiyalar? Bulutli texnologiyalar (ingliz tilida cloud services, cloud technologies) – hozirgi kunda keng qamrovli atama bo‘lib, uning asosiy mazmuni – biror-bir dastur yoki dasturlar majmuasini foydalanuvchi qurilmasida emas, balki internet tarmog‘i orqali xizmat ko‘rsatuvchi qurilmasida ishlatgan holda ma’lum turdagi dasturiy xizmatlarni taqdim etish. Masalan: fayllarni saqlash, fayllarga ishlov berish, ma’lumotlarni tahlil qilish va hokozo. Bulutli servislarning eng keng tarqalgani bu Dropbox — fayllarni saqlash xizmati, GoogleDocs — ofis ilovalari, SalesForce — CRM hamda ERP tizimlaridir.

    Bulutli servislardan foydalanish uchun ko‘p hollarda foydalanuvchida internet tarmog‘i va brauzer bo‘lsa bas, ba’zida esa foydalanuvchi qurilmasiga ushbu servisni ishlatishda qulay bo‘lishi uchun maxsus dastur ilovalar o‘rnatiladi. Masalan, Word, Excel dasturlarida qilinadigan ishlarni GoogleDocs orqali bemalol bajarishingiz mumkin, buning uchun kompyuteringizda ofis ilovalari bo‘lishi shart emas.

    Bizning yurtimizda ham bulutli xizmatlarni taqdim etib kelayotgan mahalliy ishlab chiqaruvchilar ko‘payib borayotgani quvonarli holat. Ulardan biri FileCloud.uz bo‘lib, bu servis fayllarni, masalan, hujjatlar, rasm va videolar, elektron kitoblar, umuman olganda Sizga zarur bo‘lgan muhim fayllarni bulutli saqlagichda xavfsiz va barqaror saqlash imkoniyatini taqdim etadi. Bu degani – endi zarur fayllarni fleshka yoki kompakt disklarda emas, ulardan hajmi ko‘p va imkoniyatlari keng bo‘lgan “bulutli” xotirada saqlashingiz mumkin.

    Foydalanuvchilarga taqdim etiladigan asosiy imkoniyatlari: fayllarni ko‘rsatilgan “bulutli” saqlagichda saqlash, ularni o‘z qurilmalari aro sinxronlash, fayllarni turgan joyida ko‘rish, o‘zgartirish, o‘chirib tashlash, qayta tiklash, ularni uchinchi shaxslar ko‘rishiga va o‘zgartirishiga, izohlar yozishiga ruxsat berish kabilardan iboratdir.

    Qanday foydalanamiz?

    FileCloud.uz servisining to‘rt xil tarif rejasi mavjud. Ulardan birinchisi “Bepul” (“Besplatniy”) deb atalgan va nomiga yarasha, mazkur tarifdagi foydalanuvchilarga hech bir to‘lovsiz xizmat ko‘rsatiladi. Shunchaki ro‘yxatdan o‘tasiz va foydalana boshlaysiz – ajoyib-a? Bunda foydalanuvchilarga FileCloud.uz servisi virtual makonidan jami 500 megabayt joy taqdim etiladi. Unga yuklanadigan bitta faylning hajmi 100 Mbdan oshmasligi lozim. Biroq fayllaringiz 256 bitli AES usulida shifrlanib saqlanadi, SSL kanal orqali murojaat qilinadi, masofadan turib ularni o‘chirib yuborish kabi imkoniyatlar to‘liq taqdim etiladi.

    Keyingi tarif rejasi “Talaba” (“Student”) bo‘lib, unda sizga yuqoridagi tarifda taqdim etiladiganidan ko‘ra ko‘proq imkoniyatlar mavjud. Jumladan, bu tarif rejasi foydalanuvchilariga jami 5 gigabayt joy ajratiladi. Yuklanadigan bitta fayl hajmi esa 1 gigabaytgacha bo‘lishi mumkin. Mazkur tarif rejasida bo‘lsangiz, saqlagichdagi o‘z faylingizni o‘zingiz o‘chirib yuborganingizdan keyingi 30 kun ichida uni tiklashingiz imkoni ham bo‘ladi. Shuningdek, fayllaringiz ustida oxirgi 30 kun muddatda amalga oshirilgan harakatlar tarixini ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, obuna muddatingiz tugaganidan keyin ham 10 kun mobaynida fayllaringiz “bulutli” joyida saqlanib turadi. Shu muddat davomida yana obunani davom ettirsangiz, avvalgi fayllaringizdan ham yana foydalanaverasiz.

    Agar biror do‘stingiz, hamkasbingiz yo hamkoringiz uchun faylingizga kirish ruxsati berishga to‘g‘ri kelib qolsa, buning uchun parollangan hamda ma’lum muddatdagina amal qilish imkoniyati bilan ularga havolalar taqdim etishingiz mumkin. “Talaba” tarif rejasida oylik obuna 10000 so‘mni tashkil etadi, lekin agarda bir yillik obuna bo‘ladigan bo‘lsangiz, chegirma tarzida har oy uchun 7000 so‘m to‘lashingiz ham mumkin bo‘ladi.

    Navbatdagi – “Frilanser” (Freelancer) tarif rejasida esa, yuqoridagilardan tashqari, yanada ko‘proq imtiyozlar beriladi. Jumladan, unda fayllaringizni saqlash uchun 10 gigabayt joy beriladi. Bu makonga bittasining hajmi 2 gigabaytgacha bo‘lgan fayllaringizni yuklay olasiz. U yerdan o‘chirib yuborgan fayllaringizni esa keyingi 60 kun ichida qayta tiklash imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Shuningdek, “bulutli” makondagi fayllaringiz ustida oxirgi 60 kun ichida bajarilgan amallar tarixini ko‘ra olasiz. Bulardan tashqari, “Frilanser” tarif rejasidagi obunangiz tugaganidan keyingi 20 kun ichida fayllaringiz o‘chirib yubormasdan saqlanadi, shu muddat mobaynida servisdan foydalanishni “kelgan joyidan” yana davom ettirsangiz, o‘sha fayllaringiz ham o‘zingiz qoldirgan holida turgan bo‘ladi. Shu imkoniyatlariga yarasha, “Frilanser” tarif rejasi uchun obuna narxi oyiga 15000 so‘mni tashkil etadi. Birato‘la yillik obunani rasmiylashtirsangiz, chegirma bilan har oyiga 10000 so‘m to‘laysiz.

    Va nihoyat, “Oila” (“Semya”) tarif rejasida bo‘lsa, yuqorida sanab o‘tilgan barcha tariflardagi imkoniyatlar yanada kengaytirilgan tarzda taqdim etiladi. Ya’ni, siz bunda servisning virtual makonidan 50 gigabayt joyga ega bo‘lasiz, yuklanadigan har bir faylning o‘lchami esa 10 gigabaytgacha bo‘lishiga ruxsat etiladi. Servisdan o‘chirilgan fayllaringizni qayta tiklash hamda fayllarning o‘zgartirilish tarixini ko‘rish uchun muddatlar ham mazkur tarif rejasida 90 kunga yetkazilgan. Tarif uchun oylik to‘lov 40000 so‘m hajmida belgilangan, biroq yillik obuna bo‘lsangiz, oyiga 30000 so‘m qilib chegirma beriladi.Xullasi kalom, o‘zingizning talab va ehtiyojlaringizdan kelib chiqqan holda, yuqoridagi tariflardan birini tanlashingiz mumkin.

    Afzalliklari nimalardan iborat?

    Endi FileCloud.uz servisining afzal jihatlari xususida to‘xtalib o‘tsak.

    1. Mustahkam muhofaza. Servisga joylanadigan barcha fayllar 256 bitlik shifrlash uslubida himoyalanadi. Demak, ularga buzib kirish, fayllaringizni ruxsatingizsiz o‘zgartirish holatlaridan xavotir olmasangiz ham bo‘ladi.

    2. TAS-IX – yuqori tezlik va bepul trafik. Ha, hozirda deyarli barcha internet-provayderlar o‘z abonentlari uchun TAS-IX hududidagi resurslarga bepul kirishni ta’minlab berganlarini inobatga olgan holda, FileCloud.uz servisi ayni shu hududda joylangan. Tabiiyki, tezlik ham tashqi internetga nisbatan ancha yuqori – demak, fayllarni yuklash, ko‘chirib olish va o‘zgartirishda muammo tug‘ilmaydi.

    3. Milliy valyutada to‘lov. Servis uchun to‘lovlarning so‘mda amalga oshirilishi – foydalanuvchilar uchun yaxshi qulaylikdir. Zero, ayrim xizmatlarning haqlari chet el valyutasida hisoblanib, kurs bo‘yicha so‘mda amalga oshirilishi birmuncha noqulayliklar keltirib chiqarayotganligiga guvohmiz.

    4. Katta hajmli fayllarni yuklash va ko‘chirib olish. Tabiiyki, “bulutli” makonga yuklaydigan faylingiz turiga bog‘liq holda, uning hajmi ham turlicha bo‘lishi mumkin. Shundan kelib chiqqan hamda servisning texnik jihatlarini ham inobatga olgan holda, turli tariflarda tegishlicha o‘lchamgacha bo‘lgan fayllarni yuklash imkoniyatlari joriy etilgan.

    5. Ulashish opsiyalarining qulayligi. Yuqorida ham aytib o‘tganimizdek, FileCloud.uz servisida saqlanayotgan fayllaringizni ko‘rishlari, o‘zgartirishlari, ko‘chirib olishlari uchun hamkorlaringiz, hamkasblaringiz yo do‘stlaringizga ruxsat berishingiz mumkin. Bunda maxfiylik saqlanishi hisobga olingan va, faylga ruxsat uchun har kimga yuboriladigan havola unikal (betakror) bo‘lib, siz belgilaydigan parolga ega hamda ma’lum muddatgagina amal qiladi.

    6. Jild ustida bir vaqtning o‘zida bir nechta foydalanuvchi ishlashi mumkin. Bitta umumiy jild ustida sheriklaringiz bilan birga – turli joylardan turib ham umumiy ishlay olasiz. Bu esa vaqtdan yutishga, real vaqt rejimida bir-birovni yaxshi tushungan holda muloqot qilib ishlashga imkon beradi.

    7. MS Office fayllariga o‘zgartirish kiritish. FileCloud.uz servisida saqlanayotgan Ofis fayllaringizni kompyuteringizga ko‘chirib olmasdan turib, turgan joyida o‘zgartirishingiz mumkin. Bu, ayniqsa, ishingiz tig‘iz payti yo‘lda yo boshqa noqulayroq sharoitda bo‘lib qolgan payti qo‘l keladi – yo‘l-yo‘lakay smartfoningiz orqali servisga kirib, fayllaringizga kerakli o‘zgartirishlarni kiritib ketaverishingiz mumkin.

    8. MS Office fayllari ustida Collaboration usulida ishlash. Biror hujjat fayliga bir vaqtning o‘zida bir nechta kishi o‘zgartirish kiritishi mumkinligi – ajoyib imkoniyat. Siz fayllaringizga kirishga ruxsat bergan hamkoringiz bilan bir vaqtning o‘zida, ammo turli joylardan kirib ham onlayn tarzda birga ishlashingiz – o‘sha hujjatingiz matnini birga tayyorlashingiz mumkin.

    9. Audio/video/surat fayllarini turgan joyida qarab chiqish. Servisga yuklab qo‘yilgan audioovoz, videolavha yoki biror surat faylini ko‘chirib olmasdan turib ham dastlabki ko‘rishni amalga oshirish mumkin. Bu esa adashib boshqa faylni ko‘chirib olib, vaqt va trafikni behuda sarflashning oldini oladi.

    10. O‘chirilgan fayllarni qayta tiklash. Mazkur funksiya FileCloud.uz servisining uchta tarifida ko‘zda tutilgan bo‘lib, bexosdan biror kerakli faylni “bulutli” saqlagichdan o‘chirib yuborganingizda, yoki o‘zingiz o‘chirganingizdan keyin o‘sha fayldagi biror ma’lumot kerak bo‘lib qolganida rosa asqotadi. O‘chirilgan fayllarni qayta tiklash imkoniyati uchta tarif rejasi foydalanuvchilariga, tegishlicha tarzda 10, 20 yoki 30 kun muddat bilan taqdim etilgan.

    11. Qulay interfeys. Servis sayti ko‘rinishi sodda – ortiqcha unsurlarsiz, foydalanishga qulay qilib ishlangan. Undagi barcha kerakli funksiyalar shundoqqina ko‘zingiz oldida, xuddi kaftdagidek ko‘rinib turishi ishingizni, yangi foydalanuvchilar uchun esa – servisdan foydalanishni o‘rganishni ancha yengillashtiradi.

    12. Boshqa foydalanuvchilarning fayl va jildlariga izohlar yozish. Agar FileCloud.uz servisining boshqa foydalanuvchisi sizga o‘z fayl va jildlariga ruxsat ochib bergan bo‘lsa, uning servisda saqlanayotgan jildlari va fayllariga o‘z izohlaringizni yozishingiz mumkin. Bu, xususan, sheriklar bilan hamkorlikda ishlaganda naf beradigan funksiya.

    13. Kichik va o‘rta biznes uchun zo‘r imkoniyatlar. FileCloud.uz servisidan foydalanish kichik va o‘rta biznes subyektlari, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ko‘plab imkoniyatlar taqdim etadi. IT-texnologiyalar bilan ishlayotgan firmalar mazkur servis orqali fayllarni oson almashishlari mumkin. Zero, hozirda biror faylni hamkoriga yetkazish uchun fleshkada olib yurish kamida bitta xodimning qimmatli vaqtini oladi va qo‘shimcha yo‘l xarajatlarini talab etadi. Biznes subyektlari o‘zaro almashadigan fayllar hajmi yirikligi sababli ularni elektron pochta orqali jo‘natib ham bo‘lmaydi. Shunaqa vaziyatlarda tadbirkorlarga FileCloud.uz servisi ko‘makka keladi – frilanser, dizayner, modeler, animator va boshqalar katta hajmli fayllarni TAS-IX orqali bemalol almashishlari, ulashishlari (share) va saqlab qo‘yishlari (backup) mumkin.

    Yuqoridagilardan tashqari, yaqin kunlarda FileCloud.uz servisiga yana bir imkoniyat qo‘shilmoqda. Unda siz Yandeks.Disk, Google Drive, Dropbox kabi “bulutli” saqlagichlardagi akkauntingizni FileCloud.uz servisidagi akkauntingiz bilan sinxronlay oladigan bo‘lasiz. Ya’ni, fayllaringizni TAS-IX hududidagi saqlagichga yuklaysiz, ular FileCloud.uz orqali tashqi servislarga yuboriladi, ya’ni sizning ishtirokingizsiz va trafik xarajatlarisiz sinxronizatsiya amalga oshiriladi.

    Xulosa: FileCloud – sizning TAS-IX’dagi “bulutli” makoningiz

    Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, hayotingiz uchun muhim bo‘lgan fayllaringizni “bulutli” servisda saqlash uchun FileCloud.uz servisi juda maqbul tanlov.Undan foydalanar ekansiz, avvalo, muhim ma’lumotlaringizning xavfsizligidan xavotir olmaysiz. Qolaversa, TAS-IX hududida faoliyat ko‘rsatgani sababli, tezlik va trafik miqdori masalasida ham muammo bo‘lmaydi.

    Servis jamoasi mijozlarning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, uning imkoniyatlari doirasini muntazam kengaytirib borishmoqda. Shu bilan birga, mijozlar va qiziquvchilar bilan muntazam tarzda muloqotda bo‘lib turish uchun mazkur servisning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan. O‘zingizni qiziqtirgan savollar bilan shu sahifa orqali murojaat etib, kerakli javoblarni va maslahatlarni olishingiz mumkin.

    Shunday ekan, siz ham hayotingiz uchun eng muhim bo‘lgan fayllaringizni saqlash, ulashish va uzatishda TAS-IX hududidagi “bulutli” saqlagich – FileCloud.uz servisi xizmatlaridan foydalaning!

    Reklama huquqi asosida!

    13.06.2017, 11:57   Izoh (0)   11683
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Chustda kaliti yukxonada qoldirilgan Nexia olib qochildi

    13.06.2017, 11:41

    Milliy TV kontentini xorijda Kartina TV rivojlantiradi

    13.06.2017, 11:30

    Abdulaziz Komilov: BMT Amudaryo va Sirdaryo bo‘yicha konvensiyalarni amalga oshirishda hamkorlikka tayyor (video)

    13.06.2017, 10:43

    Shavkat Mirziyoyev: “O‘zagroeksportbank” va “Poytaxtbank” faoliyati yo‘lga qo‘yilmagan, “O‘zbekneftgaz” korxonalarida gaz qazib chiqarilmayapti, muhim loyihalarni

    13.06.2017, 10:12

    Nodir Maqsumov Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari etib tayinlandi

    13.06.2017, 09:01

    Toshkentda Humo qushi shaklida barpo etiladigan muz saroyi qurilishi (foto)

    13.06.2017, 08:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ramzan Qodirovning voyaga yetmagan o‘g‘li uylandi

    Dunyo | 29 iyun, 23:40

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” Messi boshchiligidagi “Inter Mayami” darvozasiga javobsiz 4 ta gol urdi

    Sport | 29 iyun, 23:09

    “Uy oldi-sotdisini naqdsiz shaklga o‘tkazmoqchimiz” — Mubin Mirzayev

    O‘zbekiston | 29 iyun, 23:05

    Ozarbayjon Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari tashrifini bekor qildi

    Dunyo | 29 iyun, 23:00

    “Nasiya bozorini davlat tomonidan tartibga solish rejalashtirilgan” — Timur Ishmetov

    Iqtisodiyot | 29 iyun, 22:30

    Superliga. “Buxoro” “Sho‘rtan”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 29 iyun, 22:15

    Eron MAGATE rahbari uchun yadroviy obyektlarga kirishni yopdi

    Dunyo | 29 iyun, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.