• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev: “O‘zagroeksportbank” va “Poytaxtbank” faoliyati yo‘lga qo‘yilmagan, “O‘zbekneftgaz” korxonalarida gaz qazib chiqarilmayapti, muhim loyihalarni amalga oshirishda oqsoqlikka yo‘l qo‘yilmoqda

    Toshkent shahrida 12-iyun kuni videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda joriy yilning birinchi yarim yilligi bo‘yicha kutilayotgan natijalarni oldindan tahlil qilish, mavjud kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etgan holda, barcha soha va tarmoqlarda belgilangan prognoz ko‘rsatkichlari va maqsadli parametrlarga erishishni ta’minlash borasidagi vazifalar muhokama qilindi, deb yozadi O‘zA.

    Foto: UzReport

    Foto: UzReport

    Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari, Prezidentning Davlat maslahatchilari, vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari rahbarlari ishtirok etdi. Videokonferensiya aloqasi orqali yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi raislari, viloyat, shahar va tuman hokimlari, vazirlik va idoralarning hududiy bo‘linmalari, joylardagi korxonalarning rahbarlari, jamoatchilik vakillari va tadbirkorlar qatnashdi.

    Yig‘ilishni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshqardi.

    Yig‘ilishda mamlakat taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha belgilab olingan strategik vazifalarni amalga oshirish yuzasidan joriy yilning o‘tgan davrida erishilgan ijobiy natijalar e’tirof etilib, bugungi islohotlar jarayonidagi kamchilik va muammolar, ularni hal etish yo‘llari, ijro intizomini mustahkamlash masalalari atroflicha tahlil qilindi. Jumladan, davlat boshqaruvi organlari tizimida to‘planib qolgan muammolarni hal etish, ushbu tizimni tubdan takomillashtirish va samarasini oshirish bo‘yicha keyingi paytda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. Bu borada, ayniqsa, 22 vazirlik, davlat qo‘mitasi, kompaniya, uyushma va boshqa tuzilmalar yangidan yoki qayta tashkil etilgani, Vazirlar Mahkamasi komplekslari tarkibidagi o‘nlab idoralar tuzilmasi o‘zgartirilib, ularning asosiy vazifa va funksiyalariga aniqliklar kiritilgani muhim amaliy qadam sifatida qayd etildi.

    Ayni paytda mazkur o‘zgarishlar hamma sohada ham kutilgan natijalarni bermayotgani, ba’zi yangi vazirlik va idoralar o‘z faoliyatini hanuzgacha samarali yo‘lga qo‘ymagani, bu esa 2017-yil uchun belgilangan dasturlar ijrosini ta’minlashga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani tanqid qilindi. Jumladan, tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilinganiga bir necha oy o‘tganiga qaramasdan, “O‘zagroeksportbank” va “Poytaxtbank”ning muassislari tomonidan ushbu banklarning faoliyatini yo‘lga qo‘yish haligacha ta’minlanmagani sabablari chuqur tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

    Yig‘ilishda, ayniqsa, iqtisodiyotni boshqarish sohasida eski qolipdagi, real hayotdan uzoq, yuzaki yondashuvlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi, bugungi shiddatli taraqqiyot hamma sohalarda vaziyatni tanqidiy baholab, ularni rivojlantirishda yangicha usul va samarali tizimlarni, zamonaviy boshqaruv usullarini joriy etishni, yuksak mas’uliyat va tashabbuskorlikni talab etishiga alohida e’tibor qaratildi.

    Davlat rahbari Hukumatning shu davrdagi faoliyatini tahlil qilib, hududlar bilan ishlash, har bir muammoni joylarga borgan holda, chuqur va puxta o‘rganib, izchil hal etish, samara va natijadorlik Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari faoliyatini baholashda muhim mezon bo‘lishini ta’kidladi.

    Prezident Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyotning ayrim soha va tarmoqlarida birinchi yarim yillik yakuni bo‘yicha kutilayotgan natijalar haqida so‘z yuritib, bu borada qator komplekslar, vazirlik va tarmoqlar rahbarlariga jiddiy e’tirozlar borligini qayd etdi. Masalan, “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining qo‘shma korxonalarida gaz qazib chiqarishda qoloqlikka yo‘l qo‘yilmoqda. Yengil, oziq-ovqat, charm-poyabzal sanoatining ayrim korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish yetarli darajada ta’minlanmagan.

    Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, joylarga borib, har bir viloyatning o‘zida qo‘shimcha rezerv va imkoniyatlar izlab topish, shu asosda istiqbolli loyihalar ishlab chiqish amaliyoti ijobiy natija bermoqda. Bugungi kungacha umumiy qiymati 23 trillion so‘mdan ortiq 1260 loyihani ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha yangi imkoniyatlar mavjudligi aniqlandi. Shu bilan birga, hududlarni rivojlantirish, ichki bozorni mahsulotlar bilan to‘ldirish, eksport hajmini ko‘paytirishga, eng muhimi, odamlarni ish bilan ta’minlash, ularning hayot darajasi va sifatini oshirishga yo‘naltirilgan ushbu muhim loyihalarni amalga oshirishda ham, afsuski, oqsoqlik va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmoqda.

    Prezident hududlarni rivojlantirish borasida davlat organlarining o‘rni va mas’uliyati haqida so‘z yuritar ekan, o‘tgan haftada Samarqand viloyatiga tashrifi davomida ayrim rahbarlarning befarqligi va harakatsizligi oqibatida bu hududda juda ko‘plab jiddiy muammolar to‘planib qolgani ma’lum bo‘lganini qattiq tanqid qildi. Ayniqsa, viloyat hokimi va uning o‘rinbosarlari, shahar va tumanlar hokimlari, viloyat idoralari rahbarlari o‘rtasida amaliy va sog‘lom munosabatga putur yetgani Samarqandning bugungi taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

    Viloyat hokimining jamoatchilik va rahbarlar fikrini inobatga olmasdan ish tutishi, ijrochilar oldiga sayoz o‘ylangan vazifa va topshiriqlarni qo‘yishi, unda jur’at va tashabbuskorlik, mas’uliyatni dadillik bilan o‘ziga olish fazilatlari yetishmasligi hozirgi vaqtda viloyatda o‘ta jiddiy va dolzarb vazifalarni hal etish imkonini bermayapti. Xalq bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot mavjud emas, ommaviy axborot vositalari bilan aloqalarda uzilish paydo bo‘lgan.

    Mazkur hududda barpo etilayotgan obyektlarni qurish, investitsiya mablag‘larini o‘zlashtirish ishlari oqsamoqda, eksportga chiqariladigan mahalliy mahsulotlar hajmini ko‘paytirish ta’minlanmayapti. Shahar va tumanlarda obodonchilik, odamlar uchun qulay, toza-ozoda muhit yaratish masalalari ham o‘z holiga tashlab qo‘yilgan. Viloyat moliya va soliq idoralari soliq bazasini kengaytirish imkoniyatlarini izlash va ularni to‘liq ishga solish ishlari bilan yetarli darajada shug‘ullanmayapti. Ana shu muammolarni hal etish, bu yo‘lda butun Samarqand ahlini birlashtirish va o‘z ortidan ergashtirish uchun viloyat hokimi H.Oqbo‘tayevda bilim va salohiyat, rahbarlik tajribasi yetishmadi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Samarqand viloyati hokimi H.Oqbo‘tayev ish faoliyatida yo‘l qo‘ygan ana shunday jiddiy kamchilik va nuqsonlar uchun egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.

    Yig‘ilishda mamlakatda amalga oshirilayotgan barcha islohot va davlat dasturlarining pirovard maqsadi aholi turmush darajasi va sifatini oshirishga, ularning og‘irini yengil qilish va xalq dasturxonining to‘kin-sochin bo‘lishini ta’minlashga yo‘naltirilgani alohida ta’kidlandi. Shuning uchun ham joylarda xalq bilan muloqot, aholini o‘ylantirayotgan tashvish va muammolarni har tomonlama o‘rganish asosida qabul qilinayotgan har bir qonun, farmon va qaror ijrosi qattiq nazoratga olinishi va so‘zsiz bajarilishi lozimligi uqtirib o‘tildi.

    – Bu bizning doimiy, qat’iy siyosat va uni albatta oxiriga yetkazamiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Yig‘ilishda kun tartibidagi masalalar yuzasidan Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari rahbarlari, viloyatlar, tuman va shaharlar hokimlarining hisobotlari atroflicha muhokama etilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

    13.06.2017, 10:12   Izoh (0)   25391
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Nodir Maqsumov Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari etib tayinlandi

    13.06.2017, 09:01

    Toshkentda Humo qushi shaklida barpo etiladigan muz saroyi qurilishi (foto)

    13.06.2017, 08:18

    Senatorlar Sherobod tumanida fuqaroga tijorat bankidan 4,5 million so‘m kredit olishga ko‘maklashdi

    13.06.2017, 07:43

    Toshkentda “Otchopar bozori”dan do‘kon olib berishni va’da qilib, 25 ming dollar undirgan firibgar qo‘lga olindi

    13.06.2017, 07:39

    Toshkent kimyo-texnologiya institutiga yangi rektor tayinlandi

    12.06.2017, 19:58

    Himmat Oqbo‘tayev Prezident o‘tkazayotgan videoselektor davomida Samarqand viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi

    12.06.2017, 19:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi

     

    Tavsiya etamiz

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yerdan 4 yarim yorug‘lik yili uzoqligida yangi sayyora va yulduz aniqlandi

    Dunyo | 10 avgust, 00:10

    “Ukraina taqdiri yevropaliklar ishtirokisiz hal qilinmasligi kerak” — Emmanuel Makron

    Dunyo | 9 avgust, 23:30

    O‘zbekistonda ish beruvchilarga qo‘yilgan ayrim talablar bekor qilinadi

    O‘zbekiston | 9 avgust, 23:01

    “An-Nassr” “Bavariya” futbolchisiga qiziqish bildirmoqda

    Sport | 9 avgust, 22:24

    “Hizbullohning qurolsizlantirilishiga qarshimiz” — Eron rasmiysi

    Dunyo | 9 avgust, 22:20

    Indoneziya G‘azo jabrdiydalari uchun kimsasiz orolda shifoxona ochadi

    Dunyo | 9 avgust, 21:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.