Futbol bo‘yicha jahonning amaldagi chempioni Germaniya terma jamoasi JCh—2018 saralashining 6-turini ham o‘z foydasiga hal qildi. Ioxim Lyov jamoasi bu bilan yuz foizlik natija qayd etib turibdi.
Nyurnberg shahrida San-Marino termasini qabul qilgan nemislar 7:0 hisobida zafar quchdi. Tomonlarning birinchi uchrashuvida 8:0 hisobi qayd etilgandi.
Germaniya ortda qolgan olti tur davomida 27 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi va faqatgina 1 marta — Ozarbayjondan gol o‘tkazib yubordi.
Bokudagi o‘yinning so‘nggi daqiqasida gol urishga muvaffaq bo‘lgan Shimoliy Irdandiya termasi esa pley-off yo‘llanmasi uchun dadil qadam tashlay oldi. Tomonlarning Belfast shahrida kechgan o‘yinida ozarbayjonliklar o‘z darvozasidan javobsiz 4 ta gol o‘tkazib yuborgandi.
JCh—2018. Saralash “C” guruhi. 6-tur 10-iyun, shanba
Izoh (0)