Eron poytaxti Tehronda terrorchilarning hujumi oqibatida halok bo‘lganlar soni 17 kishiga yetdi, ulardan 13 nafarining shaxsi aniqlandi. Bu haqda ISNA agentligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Ayollar libosidagi to‘rt kishi 7-iyun, chorshanba kuni Eron parlamenti binosida o‘t ochdi, keyinroq hujum qilganlardan biri o‘zini portlatib yubordi. Shuningdek, Imom Xumayniy maqbarasiga ham hujum uyushtirildi. Bu yerda hujum qilganlarning biri o‘zini portlatib yubordi. Maqbarada ikki kishi qo‘lga olindi.
“Halok bo‘lganlar 17 nafarga yetdi. 13 qurbonning shaxsi aniqlandi, qolganlarning shaxsini tanish jarayoni davom etmoqda”, — dedi Eron sud-tibbiy ekspertiza boshqarmasi rahbari Ahmad Shojaiy.Uning so‘zlariga ko‘ra, qurbonlar orasida bir ayol ham bor.
Izoh (0)