O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisi munosabati bilan “Ostona opera” Davlat opera va balet teatrida namoyish etilgan konsertni tomosha qildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Konsertda qozoq xalq qo‘shiqlari hamda turli xalqlar musiqasi, shuningdek, taniqli mumtoz asarlar kuylandi.
Kechada ShHTga a’zo mamlakatlarning yetakchi ijodiy kollektivlari ishtirok etdi. Ular orasida, xususan, “Ostona opera” davlat opera va balet teatri simfonik orkestri va teatr guruhlari, Abay nomidagi Qozog‘iston davlat akademik opera va balet teatri, “Ostona balet” teatri (Qozog‘iston), shuningdek, M. Pyatnitskiy nomidagi davlat akademik rus xalq xori (Rossiya), “Nadam” raqs jamoasi (Hindiston), “Aqaq” qo‘bizchilar ansambli (Qirg‘iziston), Chjeszyan provinsiyasi akrobatik san’at truppasi, Xitoy opera va raqs davlat teatri (Xitoy), “Gulrez” raqs ansambli (Tojikiston), “O‘zbekiston” musiqa va raqs davlat ansambli ijodkorlari bor edi.
Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitining asosiy tadbirlari 9-iyunda bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)