Joriy yilning 7-iyunidan boshlab “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK Toshkent—Dubay/Sharja va Navoiy—Al-Maktum yo‘nalishida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tashish tariflarini pasaytirdi, deb xabar berdi aviakompaniya matbuot xizmati.
Tariflarning pasaytirilishi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari — mevalarni yetishtirish va eksport qilish bilan shug‘ullanuvchi, O‘zbekiston eksport salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladigan tadbirkorlarga ko‘mak berishga yo‘naltirilgan.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tashish bo‘yicha tariflarning yangi rejasi bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.
Izoh (0)