IShID terrorchilari may oyining oxirida Pokistonda olib qochib ketilgan ikki nafar Xitoy fuqarosi qatl etilganini ma’lum qildi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Pokistonda xitoy tilidan dars berib kelgan ikki kishi 24-may kuni Kvetta shahrida o‘g‘irlab ketilgan edi. Uch nafar xitoylik — bir erkak va ikki ayol bozordan uyga piyoda qaytayotganida Toyota avtomobili ularning yo‘lini to‘sgan. U yerdan qurolli odamlar tushib, bir ayol va bir erkakni mashinaga solib olib ketgan. Uchinchi ayol qochishga muvaffaq bo‘lgan, negaki o‘tkinchi erkak uni himoya qilgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)