Niderlandiyalik bloger, rassom va giperpoliglot (10 dan ortiq tilda gaplashadigan kishilar shunday ataladi) Vauter Kordyuener sayohati davomida boshqa bir giperpoliglot bilan to‘qnash keldi. Bu haqda “Unian” hikoya qilmoqda.
Ikki erkak suhbat chog‘ida 21 ta turli tilda muloqot olib bordi.
“35 tilda gaplashadigan makedoniyalik giperpoliglotni uchratdim. Ushbu videoda ikkimiz biladigan 15 tilda gaplashdik. Shundan so‘ng u men bilmaydigan yana 6 tilda gapirdi”, — deydi Vauter Kordyuener YouTube’dagi kanalida joylashtirilgan va mazkur suhbat aks etgan videoga qoldirilgan izohda.
Izoh (0)