AQShning Kolorado shtatidagi shaxsiy uylarning biriga o‘rnatilgan kamera noodatiy mehmonni tasvirga oldi. Video yulduzi uyga kirib yegulik topish maqsadida oshxonani vayron qilibgina qolmay, mehmonxonada joylashgan pianononi “chalish”ga harakat qilgan ayiq bo‘lib chiqdi, deb xabar berdi “Vesti.ru”.
Xonadon egalari uyga qaytgach bu yerga o‘g‘ri tushdi deya o‘ylashgan. Kamera yozib olgan tasvirni ko‘rganlaridan so‘nggina haqiqat oydinlashgan, deya ma’lum qildi Daily Mail.
Ayiq uyga deraza orqali kirgan. Pianinoni ko‘rgach orqa oyoqlarida tik turgan va old panjalarini klavishlar ustiga tushirgan. Shundan so‘ng yirtqich musiqiy anjomga qiziqishini yo‘qotgan va uyni tekshirishni davom etgan.
Izoh (0)