Amerikaning Kolorado shtatida istiqomat qiluvchi, 11 yil oldin eshitish qobiliyatini yo‘qotgan ayol America’s Got Talent (“Amerikada iqtidorlilar bor”) teleshousining keyingi bosqichiga o‘tdi. Mendi Xarvi ushbu shouda o‘zi yozgan va bastalagan musiqiy chiqishi bilan ishtirok etdi, deb xabar berdi CNN.
29 yoshli Xarvining so‘zlariga ko‘ra, u bod kasalligi sabab eshitish qobiliyatini yo‘qotgan. To‘rt yoshidan beri musiqa bilan shug‘ullanib kelgan ayol endilikda mushak xotirasi va vizual tyunerdan foydalanmoqda. Ayol bitlarni o‘zining chiqishlaridagi polning tebranishi orqali qabul qiladi.
Izoh (0)