Uels poytaxti Kardiffda politsiya avtomobillariga o‘tkinchilarning yuzini taniy oladigan kameralar o‘rnatildi. 31-may kuni ushbu tizim yordamida birinchi gumondor qo‘lga olindi, deb xabar beradi Meduza.
Gumondor kim ekanligi haqida hech narsa ma’lum emas. Kameralar hozircha ma’lumotlar bazasiga turli sabablarga kiritilgan yarim million odamni taniy oladi.
Kardiffda kamerali politsiya avtomobillari 3-iyun kuni bo‘lib o‘tgan Chempionlar Ligasi finali arafasida ko‘chalarda paydo bo‘ldi.
Izoh (0)