Jeki Chan Qozog‘istonda bo‘lib o‘tadigan Xitoy kinosi festivalida ishtirok etish uchun Ostonaga yetib keldi. Bu haqda Kazakhstan Today xabar bermoqda.
Mashhur aktyorni kutib olish suratlari internet tarmoqlarida tarqalib ketdi. Jumladan, aktyorni kutib oluvchilar orasida Ostona akimi Aset Isekeshevni ham ko‘rish mumkin.
“Qozog‘istonda Xitoy turizmi yili boshlandi. Jeki Chan Ostonada”, — deb yozdi poytaxt rahbari Facebook’dagi sahifasida.
Avval xabar qilinganidek, 7-iyun kuni Qozog‘iston media markazi konsert zalida Xitoy kinosi festivali ochilishi bo‘lib o‘tadi. Ochilish marosimida Jeki Chan “Kung-fu yoga” filmini taqdim etadi. Unda aktyor Jeki ismli xitoylik arxeolog rolini ijro etgan.
Izoh (0)